"Bunyodkor" o‘z tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 11 yanvar, 09:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi mavsumda OKMK klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan markaziy himoyachisi Asadbek Rahimjonov endilikda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safida faoliyatini davom ettiradi. OKMK ushbu futbolchini "Bunyodkor" klubiga transfer qildi.

Tecno

"Konchilar"ning yosh va istiqbolli himoyachisi o‘tgan mavsumni "Olimpik" safida boshlagan bo‘lsa, mavsumning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" klubiga ijaraga o‘tkazilgandi. Asadbek Rahimjonov yangi mavsumdan boshlab rasman "qaldirg‘ochlar" safida to‘p suradi.

U o‘tgan yili 22 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 1 ta pas uzatdi.

"Bunyodkor" futtboldagi ilk qadamlarini klub akademiyasida qo‘ygan tarbiyalanuvchini yana “uyiga” qaytgani haqida xabar berdi.  

Ma’lumot uchun
ASADBEK RAHIMJONOV
Tug‘ilgan sanasi: 17.02.2004
Ampluasi: yarim himoyachi
Bo‘yi: 182 sm. Vazni: 71 kg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!