
"Bunyodkor" 14 mart kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi
Superliganing 1-turida Jizzaxda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lgan «Bunyodkor» jamoasi a’zolariga uchrashuvdan keyin qisqa muddatli tanaffus berildi.
Superliganing 2-turi 31 mart kuni o‘tkazilishi bois navbatdagi o‘yinga qadar ikki haftadan ko‘proq vaqt bo‘lgani uchun «qaldirg‘ochlar» bugundan mashg‘ulotlarga kirishadi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra Vadim Abramov shogirdlari tushdan so‘ng klub qarorgohida yig‘iladi va mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Superliganing turlar oralig‘ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan "Bunyodkor" nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirilgan. Unga ko‘ra 14 mart kuni «Bunyodkor» saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Fikrlar