Buni o‘tkazib yuborish mumkin emas! Hamma xokkeyga!

  • 30 noyabr, 2019, 00:57
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

“Qanotlilar” Toshkentda kechgan Sharqiy seriya bahslarini 6 ochkolik imkoniyatdan 4 ochko olgan holda tugatdilar. Evgeniy Popixin shogirdlari  KRS-BSUga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ikkita “g‘alati” jarima daqiqalariga ega bo‘lishdi va muz maydonida son jihatdan kamchilik bo‘lib qolishlari oqibatida o‘z darvozalaridan ikkita shayba olib chiqishdi.

Tecno

“Tseng Tou”ga qarshi uchrashuvning ertasigayoq jamoa a’zolari tanish bo‘lgan raqiblarga bilan bahs olib borish uchun Xitoyga uchib ketishdi. “ORJI”ga qarshi bellashuvda Gordi Xou xet-trigi (gol, pass va jang)ni amalga oshirgan Artyom Voronin tanasining pastki qismidan olgan jarohati bois chin o‘lkasiga ketmadi.

Xitoyda esa “Humo” yana uchta katta yo‘qotishga uchradi. Evgeniy Grigorenko, Ivan Yatsenko va Mixail Anisinlar jamoa lazaretini to‘ldirishdi. Shunga qaramay, Roman Smiryaginning ajoyib o‘yini va Vsevolod Sorokinning o‘z vaqtida safga qaytishi, qolaversa, barcha xokkeychilarning say-harakatlari evaziga Xitoyning eng kuchli jamoasi mag‘lub etildi.

3821574189425_1

Ikkinchi o‘yinda esa Aleksey Pepelyaev jarohatidan forig‘ bo‘ldi va muvaffaqiyat ham o‘tgan safargi singari qo‘lga kiritildi. Uchinchi qarama-qarshilik arafasida esa jamoa to‘purari Evgeniy Grigorenko tarkibga qaytdi, ammo vaziyatlardan unumli foydalana olmasli va o‘yin tugashiga uch yarim daqiqa qolganida gol o‘tkazib yuborilishi natijasida kichik hisobda imkoniyat boy berildi.

Dekabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan katta seriya o‘yinlari pley-off ishtirokchilarini uzil-kesil aniqlab beradi. Bu oy “Humo” o‘zining bevosita asosiy raqobatchilarini mehmon qiladi.

1 dekabr kuni “qanotlilar” o‘z tarixlaridagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “Dizel” jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

3 dekabr kuni esa VXL lideri “Lada” “Humo-Arena”ga tashrif buyuradi. Tolyattida kechgan bahsda barchasini bullitlar seriyasi hal qilgan edi. Bo‘lajak bellashuvda ham ushbu stsenariy takrorlanishi mumkin.

5 dekabr kuni “Humo” Samaraning TsSK VVS jamoasi bilan kuch sinashadi. 10 va 11 dekabr kunlari esa TsSKA farm-klubi bo‘lgan “Zvezda” jamoasi toshkentliklarga qarshi muzga chiqishadi.

Qishning dastlabki oyida “ko‘k-sabzi ranglilar”ni “Spartak” jamoasining farm-klubi bo‘lgan “Ximik”ka qarshi o‘yin ham kutib turibdi.

Xulosa qilib aytganda, “Humo”ni dekabrda bir-biridan qiziqarli bo‘lgan bahslar kutib turibdi. Dam olish kunlari uchrashuvlar soat 17:00 da, qolgan kunlari esa 19:30 da start oladi. Mehmondo‘st “Humo-Arena” yangi shoular va tanlovlar bilan siz aziz muxlislarni kutib qoladi. Bularni o‘tkazib yuborish aslo mumkin emas!

641574189471

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!