
Bundesliga. "Bayer" ortiqcha qiyinchiliksiz zafar quchdi (Videosharh)
Bundesliga 23-turi doirasida "Bayer" "Xolshtayn" maydoniga safar qildi. Ushbu o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Patrik Shik va Amin Adli tomonidan kiritilgan gollar leverkuzenliklarga 3 ochko taqdim etdi.
Xabi Alonso shogirdlari ochkolari sonini 50 taga etkazib oldi. Ular "Bavariya"dan 5 ochko ortda bormoqda, ammo myunxenliklar zaxirasida 1 ta o‘yin mavjud.
Quyida ushbu uchrashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar