Bundesliga. "Bavariya" ketma-ket 4-o‘yinda ham durang o‘ynadi

  • 29 yanvar, 2023, 00:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga 18-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Ayntraxt" Frankfurt uchrashuvi yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, Sane 34-daqiqada hisobni ochdi. 69-daqiqada esa Kolo-Muani muvozanatni tikladi va bu gol o‘yinda oxirgisi bo‘lib qoldi. 

Tecno

Shu tariqa, myunxenliklar mazkur turdan so‘ng 37 ochko to‘plagan holda, Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Frankfurtliklar 32 ochko bilan 5-pog‘onadan o‘rin egallagan.

Ma’lumot o‘rnida, "Bavariya" bungacha bo‘lgan 3 bahsda durang o‘ynab kelayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!