"Bunday vaziyatda bizga ham oson emas"! Klopp "Liverpul"dagi katta muammo haqida gapirdi

  • 23 avgust, 2022, 07:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 3-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda "qizil iblislar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, Jeydon Sancho 16-daqiqada hisobni ochdi. 53-daqiqada Reshford oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 81-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Saloh hisobni qisqartirgan golga mualliflik qildi. 

Bellashuvdan so‘ng mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi: 

- O‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Biroq baribir to‘liq tayyor emasligimizni bilardim. Bizda muammolar etarlicha.

Tecno

- Hisob 1:0 bo‘lganda, muvozanatni tiklash muhim. 2:0 g‘alaba uchun imkoniyat kamayganini anglatadi. Agar hisobni tenglashtirganimizda, o‘yin stsenariysi biz xohlaganimizdek bo‘lardi.

- 3 uchrashuvda 2 ochko to‘pladik. Vaholanki, 7 ochkoni boy berdik. Aslida meni ochkolar emas, hozirgi vaziyat ko‘proq tashvishga solmoqda. Tarkibda 14-15 ta talabga javob beradigan futbolchilar bor, xolos. O‘yinni kuchaytirishda biz ancha qiynalib qolyapmiz.

- Bugun yaxshi vaziyatlar yaratgan holda, maydonda ustunlik qildik. Biroq yakunda baribir mag‘lub bo‘ldik. G‘alaba qozonishimiz kerak edi, desam g‘alati eshitilishi mumkin. Aslida ham shunday. Yutishimiz shart edi.

- Muhimi, yaxshiroq o‘ynash mumkinligini bilamiz va shunga harakat qilamiz. Lekin bunday vaziyatda bizga ham oson emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!