
Bunaqasi "Tottenxem" tarixida bo‘lmagandi
Angliya Premer-ligasi 23-turidan o‘rin olgan bahsda "Tottenxem" "Vest Bromvich"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hakam tomonidan o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourino Son o‘rniga Deyn Skarlettni o‘yinga tashladi. Yosh futbolchi o‘sha bellashuv o‘tkazilayotgan paytda 16 yoshu 320 kunlik edi va "Opta Sport" ma’lumotlariga ko‘ra, u 16 yoshida maydonda harakat qilgan "Tottenxem" tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.
Angliyalik hujumchi klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, londonliklar APLda 22 o‘yin o‘tkazib, turnir jadvalida 7-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar