Bugun Superligada ispancha futbol ko‘ramizmi?

  • 16 mart, 2022, 13:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 3-turi boshlanadi. Bekobodda “Metallurg” hamda Termizning “Surxon” klublari o‘zaro bellashishadi.

Tecno

E’tiborlisi, ikkala jamoani ispaniyalik murabbiylar boshqarishyapti. Bilasiz, “Metallurg”da Luisma Ernandes, “Surxon”da esa Anxel Lopes bosh murabbiylik qilmoqda.

Bu esa o‘ziga xos jangga aylanishi shubhasiz. Chunki ikki ispaniyalik mutaxassislar O‘zbekiston chempionatida ro‘baro keladilar. Demak, bugun Superligada ispancha futbol ko‘ramiz, chog‘i.

O‘tgan turda “Metallurg” Qarshida “Nasaf” bilan durang o‘ynagach, Sports.uz muxbiriga bergan intervyusida “Surxon”dagi hamkasbi Lopes borasida quyidagilarni aytgandi:  

- “Surxon”ning bosh murabbiyini shaxsan tanimayman. Lekin ikkimizni o‘rtamizda umumiy tanishligimiz bor. Umuman olganda, klub va murabbiy haqidagi fikrim juda ham ijobiy. O‘yindan keyin ham barchasi juda yaxshi bo‘lib qolishini istab qolaman”, - degandi Ernandes.

Bilasiz, “Metallurg”dan farqli o‘laroq “Surxon” klubi chempionatni muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Boisi, Anxel Lopes jamoasi dastlabki ikkita turda mag‘lubiyatga uchragan holda muxlislarini ranjitib qo‘ydi. “Metallurg” bo‘lsa, bir g‘alaba va bir durang qayd etdi. Bu safar Lopes “Surxon” bilan qanday natija ko‘rsatarkin? Buni bugun birgalashib kuzatamiz.  

"Metallurg" ustozi Qarshidagi durang haqida: "Taktik jihatdan bu men uchun g‘alaba" - Ernandes bilan hazillashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!