
Bugun “Qizilqum” - “Surxon” uchrashuvini "Sport" TVda, “Nasaf” - “Qo‘qon-1912” bahsini esa SPORTS.uz'da ko‘ramiz
Avval xabar berganimizdek bugun Coca-Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan yana 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Soat 20:00dan boshlab “Nasaf” va “Qo‘qon-1912” jamoalari bahsi boshlanadi. Xuddi shu vaqtda esa Navoiyda “Qizilqum” hamda “Surxon” to‘qnashuviga ham start beriladi. “Sport” telekanali esa Navoiydagi o‘yinni jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.
Ko‘p sonli muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda SPORTS.uz sayti Qarshidagi o‘yinni jonli ko‘rsatadi.
Fikrlar