
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Uchrashuv "Milliy" stadionda soat 18:30da boshlanadi. Mazkur o‘yinni qirg‘izistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Safarda Turkiyaga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 7 iyun kuni Toshkentda KXDR terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston - Suriya
11 iyun, "Milliy" stadioni. Soat 18:30
Bosh hakam: Risbek Shekerbekov (Qirg‘iziston)
Referi assistenti: Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston)
Referi assistenti: IsmoilxonTolipjonov (Qirg‘iziston)
To‘rtinchi hakam: Sherzod Qosimov (O‘zbekiston)
Fikrlar