Bugun Jahon chempionatida 3 nafar vakillarimiz qatnashadi

CHERY AUTO

Bugun Vengriyada dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar -90 kg, ayollar -70 kg vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi. Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ishtirok etadi. Ularning ilk raqiblari bilan tanishing: 
 
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov – Kornelius Eylertsen (Norvegiya) 
-90 kg: Nurbek Murtazoev – Remi Feulle (Mavrikiy) 
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Yu-Jing Liao (Xitoy Taipeyi) 
 
Ma’lumot uchun, shu kungacha o‘tgan bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Shukurjon Aminova (-57 kg) hamda Arslonbek Tojiev (-81 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichigacha etib kelishgan. Ammo ushbu bahslarda raqiblar ustunlik qilib, har ikki dzyudochimiz beshinchi natija bilan musobaqani yakunladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!