
Bugun Husayn Norchaev harakat qilayotgan "Alaniya" o‘ynaydi
Rossiya Milliy futbol ligasining 26-turida "Alaniya" safarda "Veles" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.
Vladikavkazliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Husayn Norchaev mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Alaniya" 41 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 4-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar