
Bugun "Buxoro" klubi Superliga jamoasi bilan o‘ynaydi (foto)
Bugun Pro-liganing etakchi klublaridan biri "Buxoro" jamoasi nazorat o‘yinida ishtirok etadi. Unda buxoroliklar Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Ushbu bahs Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 18:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" oxirgi nazorat uchrashuvida "Neftchi"ni kichik 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. "Qizilqum" esa "Andijon"ga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
Manba: "Buxoro" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar