
Buffon "Yuventus" murabbiyi bo‘lmoqchi
Janluiji Buffonning agenti Silvano Martina uning mijozi kelajakda "Yuventus"ni boshqarishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
"Janluiji murabbiy bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. U futbolni yaxshi tushunadi va unda har qanday klubni boshqarish tajribasi bor.
U "Yuve"ni boshqarishi mumkin. Mijozimning boshqa darvozabonlardan o‘ziga xos jihati, u barcha ishlarni osonlik bilan bajara oladi", - deydi Martina.
Fikrlar