
Buffon yana bir rekord sohibiga aylanishi mumkin
Janluiji Buffon Italiya Kubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchilarlar qatoriga kirishi mumkin.
17 iyun kuni Italiya Kubogi finalida turinliklar "Napoli" bilan bahs olib boradi. Agar "Yuve" ushbu unvonni qo‘lga kirita olsa, bu faxriy futbolchi uchun mamlakat Kubogi finalidagi oltinchi g‘alaba bo‘ladi va Buffon Roberto Manchinining rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ladi.
42 yoshli darvozabon Italiya Kubogini to‘rt marotaba "Yuventus" bilan, bir marotaba "Parma" bilan qo‘lga kiritgan.
Fikrlar