
Bu yulduz endi “Manchester Yunayted”dan hech qachon o‘ynamasligi mumkin
“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Jeydon Sancho bosh murabbiy Erik ten Xag bilan urishib qolgani uchun kelajagi katta so‘roq ostida qoldi.
Bu haqda The Times nashri yozdi.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik murabbiy futbolchini mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamagani uchun o‘yin qaydnomasiga kiritmaganini aytgan. Sancho esa, uning bu pozitsiyasi yolg‘on ekani va undan foydalanishmayotganining boshqa sabablari borligini ta’kidlagan edi.
Jeydonning ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotidan Erik ten Xag jumbushga kelgan. Murabbiy o‘tgan yili Jeydon Sanchoni qo‘llab-quvvatlagan edi. Erik ten Xag futbolchi jismoniy va psixoligik muammolarini hal qilib olish uchun unga uch oy davomida jamoadan alohida Niderlandiyada shug‘ullanishiga imkon yaratib bergan.
Sanchoning ustoziga qarshi ketgani “Manchester Yunayted” rahbariyatiga va ayrim futbolchilarga ham yoqmagan.
Ayrim manbalar bu orqali Jeydon Sancho endi hech qachon “Manchester Yunayted” safida o‘ynamasligini yozmoqda.
Fikrlar