"Bu rossiyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasida o‘ynay oladi"

  • 27 fevral, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Spartak” klubi sobiq bosh murabbiyi Raul Riancho “Monako”ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, aynan Golovinning salohiyati Ispaniya terma jamoasida asosiy tarkibida o‘ynash uchun etarli.

Tecno

“Rossiyada har doim yaxshi o‘yinchilar bo‘lgan. Albatta, ularning ba’zilari hatto Ispaniya terma jamoasida bemalol o‘ynashi mumkin edi. Ispaniyada Rossiya chempionatini ko‘rishmaydi, lekin ko‘pchilik Aleksandr Golovin haqida biladi. Shuni aniq ayta olamanki, u Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkibida o‘ynay oladi”, - dedi Riancho RB Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda Aleksandr Golovin Frantsiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ydi va jamoasining 6 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!