Bu o‘yinchini hech kim ololmaydi!

  • 9 noyabr, 2021, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” akademiyasi har yili ko‘plab iste’dodli futbolchilarni tarbiyalab chiqaradi. Ularning aksariyati “aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kira olmaydi va bir necha yillab, ijaralarda yuradi va keyinchalik sotib yuboriladi.

Tecno

Biroq, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida favqulodda iste’dodlilari ham chiqib qoladi. Yozda asosiy jamoaga olinmay, “Kristal Pelas”ga ijaraga berib yuborilgan Konor Gallaxer ana shunday vunderkindlardan chiqib qoldi.

Joriy mavsumda zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan Gallaxer kamtargina jamoasi bilan “Manchester Siti”ni tiz to‘ktirdi. Mazkur uchrashuvda o‘zi gol urib, jamoadoshiga golli pas oshirgan o‘yinchi ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. “Vulverxempton” bilan keyingi o‘yinda ham Konor to‘p kiritdi.

Gallexer joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qildi va ikkita golli pas uzatdi.

U qayd etayotgan natijalar “Chelsi”ni ham bee’tibor qoldirmadi. Tomas Tuxel kelasi mavsum unga imkon berishi aytilmoqda. “Kristal Pelas” muxlislari esa klubdan Konorni to‘liq sotib olishni talab qilyapti. “Aristokratlar” Konorning ijara shartnomasiga uni sotib olish shartlarini kiritmagan. Demak, Gallaxer mavsum yakunlanishi bilan yana “Chelsi”ga qaytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!