
Bu Messi uchun sharmandalik!
Kuchli beshlik chempionatlari tobora yakuniga yaqinlashib bormoqda.
Jumladan, Frantsiya birinchiligida mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash borasida so‘rovnoma boshlandi. Unga ko‘ra, Kilian Mbappe (PSJ), Vissam Ben-Yedder ("Monako"), Dimitri Paye ("Marsel"), Lukas Paketa ("Lion") hamda Marten Terre ("Renn") sovrin uchun kurashadi.
E’tiborlisi, eng yaxshi nomi uchun parijliklar yulduzi Lionel Messi nomzodi qo‘yilmagan. Undan tashqari, Neymar ham eng yaxshilar qatorida e’tirof etilmadi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum boshida Parij klubi tarkibiga kelib qo‘shildi va bu vaqt oralig‘ida ichki chempionat doirasida 23 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol va 13 assist muallifiga aylandi.
Fikrlar