Bu legioner futbolni tushunmaydi, tezligi ham yo‘q, to‘p uzatishni ham bilmaydi!

  • 2 yanvar, 2024, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxel hozirgi jamoaning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri Antonini keskin tanqid qildi.

Tecno

Sobiq darvozabonning fikricha, brazilyalik legioner yuqori saviyada o‘ynashga loyiq emas.

- Men haqiqatan ham, Erik ten Xag Antoni masalasini ko‘rib chiqish kerak, deb hisoblayman. Ayni paytda bu futbolchi jamoadoshlarining ham g‘ashiga tegyapti.

O‘tgan o‘yinda gol urish uchun Antonida juda ko‘p vaziyat bo‘ldi. U na o‘zi gol urdi va na jamoadoshlariga pas berdi. U o‘yin printsiplarini umuman tushunmaydi, shekilli. Qanot futbolchisidan tezkorlik va jarima maydonchasi ichiga yuqoridan uzatiladigan to‘plar kutiladi. Antonida tezlik yo‘q.

Mayli u bosh murabbiy ko‘rsatmasini bajaryapti, deb qabul qilaylik. Unda bu masalaga Erik ten Xag javob berishi kerak, - dei Peter Shmeyxel.

Antoni “Manchester Yunayted”dagi oxirgi golini 2023 yilning aprelida urgan. Uning samarasiz o‘yinlari seriyasi 23 ta o‘yinni tashkil qilyapti. Manchesterliklar bu futbolchini 85 million funtga transfer qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
03/01/2024 09:03
Манчестер Юнайтед муаммоси Антони эмас, Тен Хаг нинг УЗИ.