
Bu jamoani engib bo‘lmaydi!
Buyuk Britaniya professional futbol assotsiatsiyasi (PFA) o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan yil ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Bu jamoani shakllantirishda professional o‘yinchilarning tanlovlari asos qilib olindi. Ramziy jamoa bilan tanishing.
Darvozabon:
David Rayya («Arsenal»).
Himoyachilar:
Vilyam Saliba («Arsenal»), Virdjil van Deyk («Liverpul»), Gabriel Magalyans («Arsenal»), Kayl Uolker («Manchester Siti»).
Yarim himoyachilar:
Rodri («Manchester Siti»), Deklan Rays («Arsenal»), Martin Edegor («Arsenal»).
Hujumchilar:
Erling Xoland («Manchester Siti»), Filip Foden («Manchester Siti»), Olli Uotkins («Aston Villa»).
O‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida “Manchester Siti” chempionlik unvoniga ega chiqqan bo‘lsa, “Arsenal” va “Liverpul” kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Fikrlar