
Bu jamoaga Neymar kerakmas!
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Gari Nevill ayni paytda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritmoqda.
Bu mutaxassis “Nyukasl”ning PSJ hujumchisi Neymarni transfer qilishga urinayotganiga o‘z munosabatini bildirdi.
- Neymar – ajoyib o‘yinchi. Lekin men “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau uni olib kelishi bilan jamoada tsirk boshlanishiga duch kelishidan ogohlantirib qo‘ymoqchiman. Hozir bu klubga yordam bermaydi. “Nyukasl” qayta qurish jarayonida, mustahkam fundament qo‘yib bo‘lingan, - dedi Gari Nevill Chronicle Live nashriga.
Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tganidan keyin “Nyukasl” bir necha muhim transferlarni amalga oshirdi. Jamoa qisqa fursatda autsayderlar qatoridan chiqib, hozir Premer-ligada uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar