Bu futbolchidan ser Aleks Fergyuson yomon qo‘rqardi!

  • 17 dekabr, 2021, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel klub tarixidagi eng kuchli bosh murabbiy ser Aleks Fergyuson “Liverpul”da porlagan yarim himoyachi Stiv Makmanamandan qattiq qo‘rqqanini oshkor qildi.

Tecno

- Fergyuson Stivdan qo‘rqardi.  Makmanaman premer-ligadagi raqiblar orasida ser Aleks e’tibor qaratgan yagona futbolchi edi. Ha, murabbiy Alan Shirer va u kabi o‘yinchilarni tilga olishi mumkin edi, lekin ulardan qo‘rqmasdi.

To‘g‘risini aytsam, Stiv o‘zgacha futbolchi bo‘lgan. Fergyusan agar Makmanamanni o‘yindan chiqarsak, “Liverpul” hech narsa qila olmasligini ta’kidlardi, - dedi Peter Shmeyxel.

Makmanaman 1989-1999 yillar davomida “Liverpul” tarkibida 272 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta to‘p kiritgan. Mohir futbolchi keyinchalik “Real” va “Manchester Siti” sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!