
Bu futbolchi Ronaldudan ham, Messidan ham zo‘r!
Rossiyalik futbol eksperti Aleksandr Bubnov Qatardagi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan ancha zo‘r futbolchi o‘ynayotganini aytdi.
- Kilian Mbappe — g‘aroyib futbolchi. Na Ronaldu, na Messi unga tenglasha oladi. Uning hisobida jahon chempionatining oltin medali bor. Balki Qatardagi ikkinchisini ham qo‘lga kiritar. Leo ham, Krishtianu ham jahon chempionatida g‘olib bo‘lmagan. Ularning terma jamoalari o‘yinini ko‘rib, bosh sovrin armonligicha qoladigandek.
Mbappega “Oltin to‘p” va Chempionlar ligasidagi g‘alaba etishmayapti. Lekin uning 23 yoshda ekanini inobatga olsak, hammasi hali oldinda. Ko‘pchilikning faoliyati shu yoshda boshlanadi. Kilian esa, ikkinchi jahon chempionligi uchun kurashyapti.
O‘yin sifati bo‘yicha Mbappe ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlarga ega. U Messining eng tezkor davridan ham chaqqon. Qolaversa, frantsuzning driblingi zo‘r, bir urinishda ikkita yoki uchta raqibni aldab o‘ta oladi. Buni mundialda bir necha bor ko‘rdik.
Mbappe driblinglarni katta tezlikda yugurayotganda qo‘llay oladi, to‘pni yaxshi nazorat qiladi. Zarbani ikki oyoqda beradi, zarb kuchi va tepish texnikasi ham mukammal, - dedi Aleksandr Bubnov.
Fikrlar