Bu futbolchi "Chelsi"ga qimmatlik qiladi

  • 6 oktabr, 2024, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi “Aston Villa”ning hujumchi Jon Duran transferi borasidagi talabini qanoatlantirishi qiyin.

Tecno

Gap shundaki, 20 yoshli kolumbiyalik futbolchi zaxiradan maydonga tushib tez-tez gol urishi bilan “aristokratlar”ning e’tiborni tortdi. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irning yozishicha, “Aston Villa” istiqbolli forvard uchun 80-85 million evro talab qilmoqda. Bu narx esa London klubiga ma’qul kelishi dargumon.

Jon Duran joriy mavsum “Aston Villa” safida APLda oltita o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ularning barchasini zaxiradan maydonga tushib kiritdi. Chempionlar ligasida esa “Bavariya”ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, myunxenliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!