
"Bu futbol tarixidagi eng yomon qaror"
Pirs Morgan Deklan Rays qizil olgan vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi.
"Arsenal" yarim himoyachisi "Brayton"ga qarshi bellashuvda ikkinchi sariq kartoka oldi. Angliyalik futbolchi "chaykalar a’zosi Joel Veltman jarima zarbasi olayotgan payt to‘pga tegindi va niderlandiyalik himoyachi Raysning oyog‘iga zarba berdi. Hakam Deklanni tezkor hujumni buzdi, deb topib, unga sariq kartochka ko‘rsatdi.
"Qanaqa ahmoqgarchilik bo‘ldi? Rays to‘pga tegingani uchun maydondan chetlatildimi? Bu men ko‘rgan eng yomon qizil kartochka.
Bu futbol tarixida qizil kartochka borasida qabul qilingan eng yomon qaror", - dedi teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi.
Fikrlar