
"Bu biroz yoqimsiz holat"
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Messining "Barselona"ga qaytishini istamoqda.
- Leoning qaytishi mumkinligi haqida gap ketmoqda. Bu haqda qanday fikrdamiz?
"Messi bilan o‘ynagan vaqtimni zo‘r o‘tkazdim. U maydon tashqarisida ham ajoyib inson. Shu sababli, uning qaytishiga umid qilaman. Leo kabi sherigim borligi menga yana ham kuch beradi.
Uning PSJda o‘yini chiqmayotganidan tashvishlanyapsizmi?
To‘g‘ri, do‘stingizda nimadir o‘xshamasligi yoqimsiz holat va biroz hafa qiladi". - dedi ispaniyalik iqtidor egasi.
Qayd etish joiz, 2020 yilning yozida "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgan Pedri bir yil mobaynida Messi bilan birga o‘ynashga ulgurdi.
Fikrlar