Britaniyalik ekspert Do‘smatovning g‘alabasini qanday baholadi? Bu fikrga qo‘shilasizmi?

  • 3 avgust, 2024, 20:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Parij Olimpiadasi dasturidan o‘rin olgan bokschi musobaqalarining eng keskin va murosasiz janglaridan biri 51 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibossinov o‘rtasida bo‘ldi.

Tecno

Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan boks “el-klassiko”si jahon va olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatovning qiyin g‘alabasi bilan yakunlandi. Boks olamining taniqli ekspertlari bu jangni tahlil qilishda davom etmoqda.

Britaniyalik boks mutaxassisi Teylor O’Xiggins ana shu bahsni tahlil qilib berdi.

- Olimpiadaning eng zo‘r janglaridan birida Hasanboy Do‘smatov 2021 yilgi jahon chempioni va Tokio Olimpiadasi sovrindori Saen Bibossinovni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bahsda har ikki jangchi a’lo darajada harakat qildi, ularning saviyasi Parijda ko‘rgan boshqa bokschilardan yuqori ekani namoyon bo‘ldi.

Dastlabki ikki raund bir-biriga o‘xshash bo‘ldi. Bibossinov Do‘smatovning zarbalarini qaytarishga urindi. Lekin o‘zbek bokschisi qarshi hujumlarda muvaffaqiyatga erishdi, u chap qo‘lda jeb zarbalarini aniq yo‘lladi, shuningdek o‘ng qo‘ldagi xuklari ham raqibgacha etib bordi.

Men birini raundni qozoq bokschisiga, ikkinchisini o‘zbekka berdim. Baribir Do‘smatov jangni yuqori darajada yakunlay oldi. Uning zarbalari aniq va yorqin chiqdi, bu uchinchi raunda yutishga va umumiy hisobda raqibni mag‘lub etishga olib keldi.

Har ikki jangchi jahonda eng zo‘r bokschilardan ekanini isbotladi va men Bibossinovning ushbu ajoyib jangda g‘alaba qozona olmaganiga achinaman.

Do‘smatov murakkab uslublar jangini o‘z foydasiga hal qila oldi va havaskor bokschilar orasida vazn toifasidan qat’i nazar eng zo‘ri ekani yana bir karra isbotladi.

Bu qiyin dangni boshqargan hakamlar mehnatini ham alohida ta’kidlash lozim. Ular bokschilar bir biriga yaqin turgan, shiddatli kechgan va zarbalar hisobini olib borish o‘ta murakkab  bo‘lgan jangni to‘g‘ri baholay oldi.

Dastlabki ikki raundda Bibossinov va Do‘smatov mos ravishda 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu raundlar katta raqobatda o‘tdi va natija adolatli hisob-kitob qilindi. Uchinchi raundning hisobi ham aniq bo‘ldi va bu hozirgi Olimpiya o‘yinlaridagi hakamlikda uchrayotgan eng adolatli qarorlardan biridir, - dedi  Teylor O’Xiggins.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek va qozok boks maktablari dunyoda eng kuchlilar qatorida tilga olinadi. Har ikki maktab vakillari xalqaro maydonda, Olimpiya o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari kabi yuqori nufuzli musobaqalarda o‘zaro raqobatlashib keladi.

51 kilogramm vazn toifasidagi  Saken Bibossinov va Hasanboy Do‘smatov o‘rtasidagi o‘zaro raqobat 2021 yildan beri davom etib kelmoqda. Bo‘y-basti va qo‘llari uzun bo‘lgan qozoq bokschisi birinchi jangda tajribali raqibini mag‘lub eta olgan.

Hasanboy esa, 2022 va 2023 yilgi janglarda raqibini dog‘da qoldirishni uddaladi. Bu galgi Olimpiya o‘yinlarida hamyurtimiz o‘zaro hisob-kitobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bibossinov anchadan beri Do‘smatovni engish yo‘lini topa olmayotgani yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Do‘smatovning azaliy raqibi alamli mag‘lubiyatni qanday qabul qildi? Qozog‘istonliklar nima deyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sherbek1980
03/08/2024 20:33
Тейлор О'Хиггинснинг фикри тугри. Купчилик Козогистонлик мухлислар маглубиятни мардларча тан олса яхши буларди. Хадеб ичи коралик килиб айбни бошкаларга тункамасдан.
Abdug'aniyev Abdulloh
03/08/2024 21:08
Ha , buni xolis odamlar sharxlasa shunday bo'ladi
Omad yurtdoshlarimizga