Breaking: Messi uchun Saudiyaning yana bir jamoasi kurashga qo‘shildi. U ham yiliga 350 million evro maosh berishga tayyor!

  • 14 yanvar, 2023, 07:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik futbolchi Lionel Messi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Tecno

35 yoshli hujumchi uchun Saudiyaning ikki klubi: "Al-Hilol" va "Al-Ittihod" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda Marca.

Ikki jamoa ham Messiga yiliga 350 million evro maosh berishga tayyor. Ammo buning uchun ular mamlakat rasmiylariga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilish niyatida.

Shuningdek, ayni damda ikki klub hamon FIFA santsiyalari ostida turli operatsiyalardagi qoidabuzarliklar tufayli kelasi yozgacha yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!