Braziliya terma jamoasi bu ishni qilmaganiga 24 yil bo‘lgandi

  • 6 dekabr, 2022, 10:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati 1/8 final uchrashuvida Janubiy Koreya terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Opta statistik portalining ma’lum qilishicha, Braziliya oxirgi marta mundiallar pley-off o‘yinida 24 yil oldin - 1998 yilda Chiliga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urgan.

Qo‘shimcha qilamizki, braziliyaliklar Koreyaga qarshi bahsda JCh-2022ning  guruh bosqichida urgan gollaridan ko‘ra ko‘proq gol urishdi. “G” kvartetidan joy olgan pentakampionlar Serbiyani 2:0 va Shveytsariyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ammo so‘nggi turda kutilmaganda Kamerunga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi Tite shogirdlari jahon chempionatining chorak finalida Xorvatiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 9 dekabr kuni soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!