
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi: Vinisius o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy berdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite "Real" Madrid vingeri Vinisius Junior yozda bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega ekanligini, biroq, buning uchun endi klubi safida o‘zini ko‘rsatishi lozimligini aytdi.
“Vinisius o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Endi u klubi safida o‘zini ko‘rsatishi shart”, - deydi Tite.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli Vinisius joriy Mart oyidagi FIFA kunlarida ilk bor terma jamoaga chaqirilgan edi. Biroq, jarohati sabab Braziliya terma jamoasi o‘yinlarida ishtirok eta olmadi.
Ma’lumot uchun, Amerika Kubogi-2019 musobaqasi joriy yilning 14 iyunidan 7 iyuliga qadar Braziliyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar