
Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etdi
JCh-2022 nimchorak finalidan o‘rin olgan Braziliya - Janubiy Koreya bahsi yakunlandi. Unda "pentakampeonlar" yirik 4:1 hisobida raqibidan ustun keldi.
Janubiy amerikaliklarning gollariga Vinisius, Neymar, Risharlison hamda Paketa mualliflik qildi. Koreyslarning yagona goli esa Payk Sin Xo tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Braziliya JCh-2022 chorak finaliga yo‘l oldi. Ularni mazkur bosqichda Xorvatiya terma jamoasi kutib turibdi.
Fikrlar