
Braziliya Anchelottidan voz kechib, Mourinoni olib keladi
2022 yili Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatidan beri bosh murabbiy qidirayotgan Braziliya futbol federatsiyasi rahbariyati Karlo Anchelottini kutayotgan edi.
Italiyalik mutaxassis taklifga aniq javob bermayapti. “Real” rahbariyati tajribali murabbiyga yangi shartnoma tayyorlayapti.
Braziliyaliklar vaqt yo‘qotmaslik uchun Joze Mourino nomzodini ma’qul ko‘rmoqda. Portugaliyalik mutaxassis yozda Rimni tark etadi. Madridliklardan farqli o‘laroq, “Roma” mutasaddilari bosh murabbiy bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Joze Mourino 2021 yilning yozidan “Roma”ni boshqarib kelmoqda. U oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa – jamoani Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqishni uddalay olmayapti.
Fikrlar