
Brays Mitchell: "Ilon Mask insoniyatni qul qiladigan robotlar yasayapti!"
UFC ning yarim engil vazn toifasi reytingida 13-o‘rinni egallab turgan Brays Mitchell milliarder Ilon Maskni qoraladi.
"Neyrolink loyihasidagi chiplarni qarang! Ular yaxshilik alomati emas..Ilon Mask chipni boshingizga joylashtirgach, sizning barcha ma’lumotlaringiz hamda qarorlaringizni kuzatib boradi va ehtimol sizni boshqara olar ham...Odamlarning miyasiga chiplarni joylashtirgan bu Ilon Maskga qarang, xuddi qandaydir shifokordek. Lekin u sizni aldayapti. U insoniyatni qul qiladigan robotlar yasayapti!", – dedi jangchi.
Eslatib o‘tamiz, Brays Mitchell (16-2) navbatdagi jangini "UFC 310" turniri Kron Greysi(5-2)ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar