Brave CF promoushenida Nursulton Team klubining uch nafar vakili jang qiladi

  • 1 iyun, 2022, 19:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

18 iyun kuni Buxoro shahrida ATF Championship hamda Baxraynning Brave CF promousheni hamkorligida katta jang oqshomi bo‘lib o‘tadi. 

IMG_20220601_193039_509

Mazkur jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz qatorida Nursulton Team jamoasining uch vakili Mashrabjon Ro‘ziboev, Kamoliddin Mamajonov hamda Otabek Toxirov oktagonga ko‘tariladi. 

IMG_20220601_193034_467

Murabbiy Bekzod Jiyanovning ta’kidlashicha ular Brave CF bilan bitta jangga shartnoma imzolagan. Agar, Kamoliddin Mamajonov va Otabek Toxirov janglarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsa va promoushen mutasaddilariga maqul tushishsa, yana bir nechta jangga shartnoma tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.  Mashrabjon Ro‘ziboev esa allaqachon Brave CF bilan hamkorlikni boshlab yuborgan.

Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga ushbu jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

IMG_20220601_193031_856

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!