Branislav Ivanovich "Zenit"ni tark etdi

  • 29 iyul, 2020, 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik himoyachi Branislav Ivanovich “Zenit”ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ayrim manbalarga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi faoliyatini “Everton”da davom ettiradi. Uni shaxsan “Chelsi”dagi sobiq ustozi Karlo Anchelotti o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ivanovich “Zenit” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida piterliklar safida 125 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!