
"Borussiya D" "Real" ko‘zlayotgan futbolchiga qiziqib qoldi
Dortmundning "Borussiya" klubi ham "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinge uchun kurashga qo‘shildi.
France Football nashri tarqatgan xabarga qaraganda nemis grandi 17 yoshli futbolchi uchun frantsuz klubiga 50-60 mln evro atrofida mablag‘ to‘lashga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, Kamavinge uchun shuningdek “Real” ham xaridor bo‘lmoqda. Biroq, dortmundliklar uning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga va’da berishmoqda. “Qirollik klubi” esa uni Kazemiroga o‘rinbosar sifatida qarayotgan edi.
Fikrlar