
"Borussiya D" asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi
Dortmundning "Borussiya" klubi o‘zining asosiy xavbeki Rafael Gerreyro bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Klub sport direktori Mixael Tsorkning ma’lum qilishicha tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishgan. Ushbu shartnoma 2023 yilga qadar tuziladi.
Qayd etish lozimki, Gerreyroning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Unga esa PSJdan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Fikrlar