
Bonaventura Italiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
“Fiorentina” yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura Italiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi.
Terma jamoa rasmiy saytining xabar berishicha, bunga 31 yoshli futbolchi o‘g‘il farzandli bo‘lgani sabab bo‘lgan. Unga Eduardo deb ism qo‘yishgan.
Italiya terma jamoasi bugun UEFA Millatlar ligasi doirasida Polshaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar