
Boks: Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ketma-ket to‘rtta yo‘qotishga uchradik
Polshada davom etayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana uch nafar vakilimiz o‘z jangini o‘tkazdi.
Afsuski, -49 kg vaznli bokschimiz Ibrohim Ishjonov JCh chorak finalida qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. -56 kg vaznli bokschimiz Dilshod Abdumurodov esa hindistonlik raqibga qarshi jangda 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
-75 kg vazndagi Nurislom Ismoilov uchun ham bu bosqich omadsiz yakunlandi. U rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Shuningdek, -91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Amirshoh Samadov ham chorak finalda mezbon bokschiga 2:3 hisobida yutqazdi.
Bugungi kun dasturidan yana bizni bir nechta vakilimiz ishtirokidagi janglar kutib turibdi.
Fikrlar