
Boks: Ruslan Abdullaev Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi!
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan, ikkinchi vakilimizning jangi ham o‘z yakuniga etdi. -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ruslan Abdullaev yaponiyalik Shunsuke Kitamoto bilan bahs yuritdi.
Ushbu qarama-qarshilikda katta ustunlikka erishgan yurtdoshimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 5:0 hisobida haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endi, yurtdoshimiz keyingi bosqichda qozog‘istonlik San’atali To‘ltaev bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar