
Boks. Parij-2024 litsenzion musobaqasida bugun 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Italiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon litsenzion turnirining bugungi kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi ringga ko‘tariladi. Yigitlarimizdan jahon chempionlari Ruslan Abdullaev va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev, shuningdek, qizlarimizdan Rayhona Qodirova keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun jang qilishadi. Juftliklar bilan tanishing:
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Shiva Tapa (Hindiston)
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Islam Yachi Yusuf (Jazoir)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Sheila Martines (Ispaniya)
Fikrlar