
Boks. O‘zbekistondagi jahon chempionatiga kirish tekin qilib qo‘yildi. Avvalroq chipta olganlar nima qiladi?
Boks bo‘yicha jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, 1-10 may kunlari musobaqa janglarini tomosha qilish uchun "Humo Arena"ga kirish bepul etib belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, avvalroq chipta xarid qilgan muxlislarga pullari qaytarib beriladi.
Bugundan janglar boshlanadi. Terma jamoamizdan birinchi bo‘lib -60 kg vazn toifasidagi Mujibillo Tursunov ringga ko‘tariladi. Yurtdoshimiz taxminan 19:30dan so‘ng boshlanadigan jangda nepallik Sing Varinderga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar