Boks. O‘zbekiston chempionatining o‘tkazilish sanalari e’lon qilindi

  • 23 dekabr, 2024, 17:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 28 noyabrdan 12 dekabrgacha Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, musobaqani muvaffaqiyatli tarzda yakunlashdi.

Tecno

Yuqoridagi musobaqada terma jamoa sportchilari qatnashgani inobatga  olinib, qayta tiklanishlariga imkon bergan holda kattalar o‘rtasidagi 2024 yilgi O‘zbeksiton chempionati 2025 yil 20-28 yanvar sanasiga ko‘chirildi. "ROPSTTM" boks zalida, saralash janglari muxlislarsiz, sportchi va trenerlar Federatsiya tomonidan taqdim qilgan akkreditatsiya bilan ruxsat beriladi.

26-28 yanvar kunlari esa musobaqaning yarim final va final janglari "ZO"R TV" (Renessans Hall) binosida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Boks Federatsiyasi xabar bermoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!