
Boks. «IBA Chempionlar kechasi»da Saidjamshid Jafarov kubalik bokschiga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida Xalqaro boks federatsiyasi (IBA)ning forumi va navbatdagi kongressi doirasida «IBA Chempionlar kechasi» janglari o‘tkazilmoqla. Unda hamyurtlarimiz Bahodir Jalolov va Saidjamshid Jafarov ringga ko‘tarilishadi.
Bundan biroz avval Saidjamshid Jafarovning kubalik jahon chempioni Yoenlis Ernandes Martinesga qarshi jangi yakunlandi. Afsuski, hamyurtimiz ochkolar evaziga kubalik Yoenlis Ernandes Martinesga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Bahodir Jalolov bahraynlik Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar