
Boks. Bugun Navbahor Hamidova Olimpiada yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Bugun Tailandda boks bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi so‘nggi jahon litsenzion turniri yakuniga etadi. Biz uchun ahamiyatlisi, bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova hal qiluvchi bahsda jang qiladi.
Vakilimiz -66 kg vazn toifasida serbiyalik Kristina Kuluxovaga qarshi ringga ko‘tariladi.
-66 kg: Navbahor Hamidova – Kristina Kuluxova (Serbiya)
Navbahor Hamidova ishtirokidagi jang Toshkent vaqti bilan taxminan 11:30 da boshlanadi.
Fikrlar