
Boks. Bugun 3 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning ayollar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkaziladi. Unda uch nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi:
-66 kg: Navbahor Hamidova - Boro Ankushita (Hindiston) (16:25 dan so‘ng)
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Batsyadan Xergi (Filippin) (17:10 dan so‘ng)
-48 kg: Farzona Fozilova - Alua Blkibekova (Qozog‘iston) (20:00)
Vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Erkaklar o‘rtasidagi yarim finallar ertaga, 10 noyabr kuni o‘tkaziladi. Unda 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Fikrlar