Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi

  • 7 mart, 2023, 09:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Yaxshi bilasiz, 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. 
 
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib borish va musobaqada ishtirok etish uchun Nyu-Deli shahriga yo‘l oldi. 
 
Qizlarimiz 14 martga qadar chempionatga tayyorgarlik olib borishadi. 15 martdan esa jahon chempionati boshlanadi. 
 
Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi: 
 
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova 
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Mahliyo Xabibullaeva
-60 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva
-66 kg: Navbaxor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
 
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
 
Murabbiylar: Islom Tojiboev, Ziyatdinbek Tayganbaev, Istam Kabinov, Saxida Yakubova.
 
Shifokor: Xurshid Mirgaliev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!