Bogdan Milich: "Meni bunday o‘yinchiga o‘xshatishlari yoqimli"

  • 15 iyun, 2022, 11:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Xorazm” (2:1) uchrashuvida dastlabki gol muallifiga aylangan legioner hujumchi Bogdan Milich o‘sha kuni o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Kiritgan goli ham juda chiroyli chiqdi va ancha-munchasi bunday gol ura olmaydi ham. Bellashuvdan keyin Milich “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Bogdan, “Xorazm”ga qarshi uchrashuv to‘g‘risida nimalarni ayta olasiz?

- Biz doim shunday o‘ynashimiz kerak, jamoamizda yaxshi o‘yinchilar bor. Biz raqibdan ko‘ra ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Yana bir nechta gol urishimiz kerak edi. Mayli, asosiysi g‘alaba qozondik.

- O‘yin sharhlovchilari sizni Olive Jiruga qiyosladilar. Bu sizga yoqdimi?

- Agar Jiruga o‘xshatgan bo‘lsa xursandman. Bunday o‘yinchiga o‘xshatishlari yoqimli, menga ham yoqdi. Asosiysi, bizni maqsadimiz bor. Har o‘yinda yutishimiz kerak. Lekin kim gol urishining farqi yo‘q, g‘alaba qozonsak bo‘ldi.

-  Urgan golingiz juda chiroyli chiqdi. Shunday gol urishni o‘ylaganmidingiz yoki kutilmaganda bo‘ldimi?

- Ha, bunday gol bo‘lishini o‘ylagandim. Yonimda himoyachi bor edi. Lekin qiyin vaziyatda bo‘lsa-da, to‘pni darvozaga kirita oldim. Chunki birinchi golni urib olishimiz kerak edi, shunga harakat qilib ko‘rdim va urgan golim o‘xshadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!