
Boateng "Barselona"dan ketmoqda
Mavsumning ikkinchi yarmini “Barselona” safida ijarada o‘tkazgan yarim himoyachi Kevin-Prins Boateng yana "Sassuolo"ga qaytmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra kataloniyaliklar 32 yoshli ganalik futbolchining transferini 8 mln evro evaziga sotib olishni xohlashmagan.
Ta’kidlash kerakki, Boateng “Barselona”da o‘tgan yarim mavsum davomida bor yo‘g‘i 123 daqiqa maydonda harakat qildi xolos.
Ma’lumot uchun, Boatengning “Sassuolo” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar